Gregory Rabassa

Gregory Rabassa
Tavalludi 9-mart 1922-yil
Vafoti 13-iyun 2016-yil(2016-06-13)
(94 yoshda)
Branford, Connecticut
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Dartmouth College (BA)
Columbia University (PhD)
Mukofotlari AQSh milliy sanʼat medali (2006)
Gregory Kolovakos Award (2001)
Tarjima uchun PEN/Ralph Manxaym medali (1982)
PEN Tarjima mukofoti (1977)
Adabiy tarjimalari uchun National Book Award mukofoti (1967)

Gregory Rabassa (1922-yil 9-mart – 2016-yil 13-iyun) – ispan va portugal tillaridagi adabiyotlarni ingliz tiliga oʻgiruvchi tarjimon. Kolumbiya universiteti va Queens kollejida uzoq yillar dars bergan[1]. Robassa was ordered for Commander of the Order of Merit in 2011.[2]

Hayoti va ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rabassa Nyu-Yorkning Yonkers shahrida kubalik muhojir oilasida tugʻilgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida Strategik xizmatlar boshqarmasi (OSS)da kriptograf sifatida xizmat qilganidan soʻng, u Dartmouth kollejida bakalavr darajasini oldi. Soʻngra Kolumbiya universitetida doktorlik darajasini olib, Nyu-York shahar Universitetidagi Queens kollejiga ishga kirgunga qadar, yigirma yildan ortiq vaqt davomida u yerda dars berdi[3][4][5][6][7].

Rabassa ispan va portugal tillaridagi adabiyotlarni ingliz tiliga tarjima qilgan. U Lotin Amerikasining bir qancha taniqli yozuvchilari, jumladan, Julio Cortázar, Amadu Jorji va Gabriel García Márquez asarlarini ingliz tiliga oʻgirgan. Cortázarning maslahati bilan García Márquez Rabassaning „Yolgʻizlikning yuz yili“ ni tarjima qilishini 3 yil kutdi. Tarjimadan soʻng Márquez ingliz tilidagi tarjimasini ispanchadagi asl nusxadanda yaxshiroq chiqqanligini eʼtirof etgan[8].

U 1977-yilda PEN Tarjima mukofoti va 1982-yilda Tarjima uchun PEN/Ralph Manxaym medalini qoʻlga kiritdi. Rabassa 2001-yilda ispan adabiyotining ingliz tilidagi auditoriyasini kengayishiga qoʻshgan hissasi uchun Gregory Kolovakos Award bilan ham taqdirlangan[3][4][5].

Rabassa Cortázar bilan jazz va soʻz oʻyiniga boʻlgan oʻxshash qiziqishlari boʻlganligi bois ham nafaqat professional hayotida balki shahsiy hayotlarida ham juda yaqin aloqada boʻlishgan. Cortázarning „Xopskotch“ romani tarjimasi uchun Rabassa AQShning National Book Award mukofotining tarjima boʻyicha mukofotiga sazovor boʻldi[3][4][5][9].

Rabassa Queens kollejida dars bergan va „Faxriy professor“ unvoni bilan nafaqaga chiqqan. Shuningdek, Robassa 2006-yilda AQShning milliy sanʼat medali bilan ham taqdirlangan[3][4][5].

U tarjimon sifatida boshidan kechirganlari haqida If This Be Treason: Translation and Its Dyscontents, A Memoir kitobini yozdi. Kitob 2005-yilda Los Angeles Timesning „Yilning sevimli kitobi“ deb eʼlon qilingan va tarjimon 2006-yilda ushbu memuar kitobi uchun PEN/Martha Albrand Award mukofotiga sazovor boʻlgan[3][4][5][10].

Tarjima qilish uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rabassa baʻzan kitobni oldindan oʻqib chiqmay turib ham tarjima qilgan[5].

Rabassa 2016-yil 13-iyun kuni, 94 yoshida Konnektikut shtatining Branford shaharchasidagi kasalxonada vafot etdi[1].

Tarjimalaridan namunalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 „Gregory Rabassa, Renowned Translator, Dead at 94“. ABC News. Qaraldi: 2016-yil 14-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Cidadãos Estrangeiros Agraciados com Ordens Portuguesas“. Página Oficial das Ordens Honoríficas Portuguesas. Qaraldi: 2017-yil 29-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Andrew Bast. „A Translator's Long Journey, Page by Page“. New York Times (2004-yil 25-may).
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Lucas Rivera.. „The Translator in His Labyrinth“. Fine Books Magazine. „A profile of Gregory Rabassa, the man who brought One Hundred Years of Solitude, Nobel Prize-winner Gabriel García Márquez' masterpiece, to the English-speaking world.“.[sayt ishlamaydi]
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Hoeksema, Thomas (1978). "The Translator's Voice: An Interview with Gregory Rabassa". Translation Review (Center for Translation Studies, University of Texas at Dallas) 1: 5–18. doi:10.1080/07374836.1978.10523369. Archived from the original on 2022-03-08. https://web.archive.org/web/20220308184041/https://translation.utdallas.edu/Interviews/Rabassaby_Hoeksema.html. Qaraldi: 2024-06-06. Gregory Rabassa]]
  6. Tobar, Hector. „Listening to Gregory Rabassa, the translator's translator“. Los Angeles Times (2013-yil 17-oktyabr).
  7. „Gregory Rabassa“. Words without Borders.
  8. Fox, Margalit. „Gregory Rabassa, a Premier Translator of Spanish and Portuguese Fiction, Dies at 94“. The New York Times (2016-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  9. „National Book Awards – 1967“. National Book Foundation. Qaraldi: 2012-yil 11-mart. Mukofot tarjimalar uchun 1967-yildam 1983-yilgacha topshirilgan.
  10. „Martha Albrand Award for the Art of the Memoir Winners“. Pen American Center. 2006-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.