„I love you“ | |
---|---|
Billie Eilish qoʻshigʻi | |
„When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 2019-yil 29-mart |
Davomiyligi | 4:51 |
Leybl |
|
Matn muallif(lar)i |
|
Prodyuser(lar) | Finneas O'Connell |
"I Love You" (oʻzbekcha: „seni sevaman“) – amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning 2019-yilda ommaga taqdim etilgan „When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ nomli dastlabki albomidan joy olgan qoʻshigʻidir. U bu qoʻshiqni akasi Finneas OʻKonnell bilan birgalikda yozgan. Qoʻshiq albomdagi 13-trek boʻlib, akustik gitaraga asoslangan balladadir. Qoʻshiq matnida Eilish kimnidir sevib qolishga qarshi ekani ijoda qilingan.
Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy fikrlar oldi hamda ularning bir nechtasi musiqani va lirik mazmunini yuqori baholadi. Qoʻshiqni tezroq tanitish maqsadida u 2019-yildagi „When We All Fall Asleep Tour“, 2020-yil „Where Do We Go?“ hamda 2022-yil „Happy than Ever“ nomli konsertlarida jonli ijro etildi. Album chiqarilganida esa, qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 reytingida 53-oʻrinni qoʻlga kiritdi va boshqa bir nechta davlatlar reytinggida ham yuqori oʻrinlardan joy oldi.
2019-yilning 29-martida „I love you“ qoʻshigʻi Eilishning „When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ nomli dastlabki albomining 13-qoʻshigʻi sifatida taqdim etildi[1]. Qoʻshiqni Eilish va uning prodyuser akasi Finneas OʻKonnell birgalikda yozgan. U Los-Anjelesning Highland Parkida joylashgan Finneasning yotoqxona studiyasida yozib olingan[2]. Qoʻshiq studiya xodimlari Jon Greenham va Rob Kinelski tomonidan miks qilingan hamda mukammallashtirilgan[1]. Eilish Phoebe Bridgers, Post Malone, Ry X, XXXTentacion, Bon Iver va Sufjan Stevenslarning qoʻshiqlaridan ilhomlangan holda ularning qoʻshiqlaridan foydalanilgan musiqa roʻyxatini 2020-yil 25-mart kuni oʻzining Instagram sahifasiga joyladi[3]. Keyinchalik Finneas Pitchfork nashriga bergan intervyusida qoʻshiq yozib olinishidan oldin yaratilgan deb oydinlik berib oʻtgan[4].
Musiqaviy tomondan qaralganda, muhabbat bilan kuylangan qoʻshiq templari daqiqasiga 72 marotaba bong uradi. Eilishning ovozida xotirjamlikni ifodalagan ushbu qoʻshiqda reverb ham joy olgan, hamda ispancha G3 va A4 notalari ham mujassamdir[5][6]. Finneas qoʻshiq orqali oʻzining hissiyotlari uygʻunlashgani uchun qoʻshiqni qoʻllab-quvvatlagan[7]. Craig Jenkins bu qoʻshiqni Vulture nomli maqolasida „zulmat“ qoʻshigʻi deb atagan va Lana Del Reyning Born to Die va Halseyning Badland nomli qoʻshiqlarini eslatganini aytib oʻtgan[8]. Chris DeVille Stereogum musiqa saytida qoʻshiqning aynan "in a world wrecked by tragedy" joyi aynan Eilish uchun tegishli jumlalar ekanligini aytgan[9].
"I Love You" musiqasi tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy fikrlar oldi. Qoʻshiq Libby Torresning Insideri tomonidan maqtalgan, u qoʻshiqga „heart-wrenching“ and „serene“ yaʼni „yurakni tirnovchi“ va „tinchlantiruvchi“ deya taʼrif bergan[7]. Qoʻshiq Sam Prancening AllMusic musiqaviy saytida „yurakni ezuvchi akustik goʻzallik“ deb ham nom olgan[1]. Madeline Rothning MTV kanalida esa uni „oxirgisidan bitta oldingi ajoyib qoʻshiq“ deb atagan[10]. Jon Parelesning New-York Times gazetasida qoʻshiqning matni hamda, matndagi soʻzlar ham alohida maqtab oʻtilgan[11].
Eilish 2019-yil 20-aprel kuni Coachella Valley Music and Arts Festivalida keyinchalik 30-iyun kuni Glastonbury festivalida ushbu qoʻshigʻini ijro etgan [12] [13]. Eilishning „I Love You“ qoʻshigʻi „When We All Fall Asleep Tour“ toʻplamlari roʻyxatiga kiritildi (2019)[14]. Shu yilning avgust oyida Pukkelpop musiqa festivalida ham ijro etildi[15]. 2019-yil 12-avgustda „I Love You“ning jonli ijroda kuylangan varianti Eilishning YouTube kanaliga joylandi[16]. Bu ijro Los-Anjelesdagi Greek Theatreda suratga olingan va unda Eilish bilan Finneas osigʻliq yotoq ustida birga oʻtirgan holda akustik gitarada musiqa chalayotgani aks etgan. Minglab muxlislar mobil telefonlarining chiroqlari bilan stadionni yoritgan, orqa fonda esa bulutli tungi osmon koʻrinishi boʻlgan .Qoʻshiq yakunida esa ikkalasi oʻtirgan yotoq ulkan toʻlin oy oldida pastga tushirilgan[17][18][19]. 2019-yil 29-sentabrda Eilish va Finneas qoʻshiqni akustik variantini „Saturday Night Live“ning 45-milliy mavsumida birgalikda ijro etgan [20][21][22][23]. Qoʻshiq Britaniyaning Hollyoaks serialidagi bir epizodda ham ishlatilgan[24]. 2020-yil aprel oyida amerikalik Wilco nomli rok guruhining qoʻshiqchi va gitaristi Jeff Tweedy oʻzining jonli radio eshittirishi Tweedy Show dasturining 16-qismida „I Love You“ni akustik gitarada ijro etilganini alohida aytib oʻtgan. Keyinchalik Tweedy shu yilning 28-iyulida ham ushbu onlayn radio eshittirishining 77-sonida qoʻshiqni yana qayta yoritib oʻtgan[25].
Tidaldan oʻzgartiriligan kreditlar [26].