Imala Shuningdek transliteratsiya qilingan imālah; arabcha: إمالة, so'zma-so'z "qiyshiq") degan ma'noni anglatadi.Arab tilining ko'plab shevalarida uchraydigan unli tovush ko'chishi bo'lib, unda ochiq unli uzun yoki qisqa bo'lsa ham ma'lum morfologik yoki fonologik kanteksida [ɛ] yoki hatto [e] ga ko'tariladi . Imola arab tilining zamonaviy soʻzlashuv va klassik variantlarida uchraydi, masalan Qurʼonning bir nechta qirāʾāt ("qiroat uslublari") uchraydi. Juda e'tiborli hodisa sifatida, imāla manolari Livanda qo'lannadigan arab tilida uchraydi.
Tarixiy va qadimiy jihatdan imāla qadimgi Najd va Tamim shevalarining o'ziga xos xususiyati bo'lib, u fe'l va ot so'z turkumlarida ham mavjud edi. imālaga mos bo'lgan holatlar ko'p.Eng keng tarqalganganlarudan quyidagilar keltirilgan:
Qur'onning ko'p qirāʾāt kamida bir marta imalani amalga oshiradilar. Ba'zilar masalan, Hafs yoki Kalun kabilar uni faqat bir marta ishlatishadi. Lekin boshqalar masalan Hamza az-Zoiyyot va Al-Kiso'iy kabilar, uni muntazam ravishda ishlatishadi. Ikkinchisida esa, imala muayyan bir qirāʾat qoidasi tufayli yoki imala qilish uchun buyurilgan muayyan so'z sifatida yuzlab so'zlarga ta'sir qiladi. Warshning qirāʾa, Al-Azroq yoʻlida, kichik imalani [ɛ]muntazam ravishda ishlatadi .Lekin katta imalani [e] faqat bir holatda amalga oshiradi.
Mavriy Ispaniyadagi Andalusiya talaffuzi imalaga ega edi va ko'plab arabcha so'zlar va ispan tilidagi shahar nomlari hali ham shunday nomlanadi.Uning eng katta shahri Sevilya imalaning yorqin namunasi bo'lishi mumkin.