Armanlar qirgʻin qilgan shahid turklar xotirasi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Ermeniler Tarafından Katledilen Şehit Türkler Anıt ve Müzesi) yoki Iğdir genotsidi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Iğdır Soykırım Anıt-Müzesi) arman genotsidini inkor etishni targʻib qiluvchi yodgorlik-muzey majmuasidir. Yodgorlik qurilishi 1997-yil 1-avgust — 1999-yil 5-oktyabr oraligʻida TurkiyaningIğdır shahrida qurilgan. Balandligi 43.5 metr (143 ft) boʻlib, Turkiyadagi eng baland yodgorlik hisoblanadi[1].
Davlat vaziri Ramazon Mirzaoʻgʻli yodgorlikning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, 1915—1920-yillar oraligʻida armanlar Iğdırda deyarli 80 ming kishini oʻldirganini aytib oʻtgan. Shuningdek, ochilish marosimida Turkiyaning oʻsha paytdagi prezidentiSüleyman Demirel ham ishtirok etgan[2][3].
Yodgorlikning maqsadi Birinchi jahon urushi hamda Turkiya — Arman urushi davrida „Iğdır viloyatida armanlar sodir etgan qirgʻin va taʼqiblarni xotirlash“, deb eʼlon qilingan[4]. Yodgorlik Birinchi jahon urushi davrida armanlar turklarni qirgʻin qilgan, degan gʻoya asosida armanlar genotsidini inkor etish uchun qurilgan[5]. Fransuz jurnalistlari Laure Marchand va Guillaume Perrier yodgorlikka „tarixni qayta yozish va qurbonlarni aybdor shaxslarga aylantirish orqali Turkiya hukumatining 1915-yilgi genotsidni inkor etish siyosatining yakuniy karikaturasi“ deya taʼrif bergan[6]. Bilgin Ayata Armenian Weeklyda yodgorlikni „tajovuzkorlik, millatchilik va ochiq dushmanlik“ deb tanqid qilgan[7]. Adolat va demokratiya uchun Yevropa arman federatsiyasi yodgorlik arman genotsidini inkor etish uchun yaratilganini eʼlon qilib, uni yopishni talab qildi[8].
↑Özbek, Egemen (2018). "The Destruction of the Monument to Humanity: Historical Conflict and Monumentalization". International Public History1 (2). doi:10.1515/iph-2018-0011. "the Iğdır Memorial and Museum of Martyred Turks Massacred by Armenians was built to support the Turkish narrative of genocide denial, arguing that it was the Armenians who massacred Turks and Muslims, not the other way around."
↑Marchand, Laure; Perrier, Guillaume; Blythe, Debbie. Turkey and the Armenian Ghost: On the Trail of the Genocide. McGill-Queen's Press, 2015 — 111–112-bet. ISBN 978-0773597204.