Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jasur Meliyevich Narziqulov | ||
Tavallud sanasi | 13-aprel 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Jizzax, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 189 cm (6 ft 2 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005 | Ordabasi | 13 | (0) |
2006-2007 | Aktobe | 29 | (0) |
2008-2009 | Andijon | 24 | (0) |
2010 | Mashʼal | 15 | (0) |
2011 | Qizilqum | 5 | (0) |
2011 | Qaysar | 15 | (0) |
2012-2013 | Aktobe | 4 | (0) |
2014 | Taraz | 13 | (0) |
2015-2017 | Atirau | 69 | (0) |
2018 | Ordabasi | 22 | (0) |
2019 | Tobol | 1 | (0) |
2020-2022 | Aktobe | 31 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2006-2007 | Qozogʻiston | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jasur Meliyevich Narziqulov (qozoqcha: Жасур Мелиевич Нарзикулов; 1984-yil 13-aprel, Jizzaxda tugʻilgan) – qozogʻistonlik sobiq futbol darvozaboni.
Jasur avval Jasulan Dehqonov nomi bilan tanilgan va ismining soxtalashtirishi natijasida bir muddat Qozogʻistonda futbol oʻynashdan chetlashtirilgan edi.
Jasur futbolchilik faoliyatini „Ordabasi“ jamoasida boshlagan[1][2]. 2006-yilgi mavsum oʻsha davrdagi mamlakatning eng kuchli jamoalaridan biri, „Aktobe“ klubiga oʻtgan. 2008-yil 2 mart kuni Aktobe klubi bilan 2008-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. Ammo 21-mart kuni yosh oʻyinchilarning barcha hujjatlari yoshga muvofiqligi tekshirilganda, Jasur soxta hujjatda roʻyxatdan oʻtgani maʼlum boʻlgan. Tekshiruvlarga koʻra 1987-yilda tugʻilgan Dehqonov Jasulan Javlomboyevich aslida boshqa inson ekani maʼlum boʻlgan[3]. Futbolchi Dehqonov (Narziqulov) Qozogʻiston futbol federatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan barcha rasmiy turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Futbol jamoatchiligining noroziligi sabab maʼlum vaqt Qozogʻistonni tark etgan[4].
2009—2011-yillar Oʻzbekistondagi futbol klublarida oʻynagan. Bu davrda avvaliga „Andijon“ va „Mash’al“, keyinchalik esa „Qizilqum“ (Zarafshon) klubi tarkibida oʻynagan. Jasur Oʻzbekistonda tugʻilganiga qaramay, Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida oʻynagani sababli allaqachon qozogʻistonlik deb hisoblangan va shu sababdan terma jamoaga taklif qilinmagan.
2011-yilgi mavsum oʻrtalarida Jasur Qozogʻistonga qaytgan va Qiziloʻrdaning „Qaysar“ klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. 2012-yil yanvar oyida Jasur yana „Aktobe“ klubi tarkibiga qaytgan va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Bu davrda klub murabbiylik qilgan rossiyalik Vladimir Muxanov uni mavsum davomida chempionatda oʻynashiga bermagan va klubning asosiy darvozaboni rossiyalik Andrey Sidelnikov deyarli barcha oʻyinlarda ishtirok etgan. Jasur Aktobe bilan mamlakat chempioni unvonini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, atigi 4 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yilgi mavsum oʻrtasida Aktobe klubida oʻyin amaliyoti kamligi sababli jamoani tark etgan va Taraz jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6].
2015-yilda Jasur „Atirau“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va uch mavsum davomida Atirov shahri jamoasi tarkibida oʻynagan[7]. 2018-yilning yanvar oyida Narziqulov „Ordabasi“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[8]. Ammo klub mavsum yakunida medallarsiz qolgani sababli shartnoma uzaytirilmagan.
2019-yil 26-iyun kuni yozgi transfer oynasida 35 yoshli tajribali darvozabonni Qoʻstanayning „Tobol“ klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan[9]. 2019-yilning 12-dekabrida „Tobol“ Narziqulov shartnoma muddati tugagach, klubni tark etganini eʼlon qilgan[10]. Jasur yil oxirida klubni tark etgan va keyin 2020-yilgi mavsum uchun „Aktobe“ jamoasi tarkibiga qaytgan[11]. Aktobe jamoasi uch mavsum davomida oʻynagan va asosan zahira darvozabon vazifasini bajargan. 2023-yilning fevral oyida Narziqulov Turon klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum qilingan. 2023-yilgi mavsum kuzida professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[12].
2008-yilning mart oyida Qozogʻiston futbol federatsiyasi tomonidan futbolchilarning hujjatlarini soxtalashtirishini boʻyicha nazorat oʻtkazilgan. Natijada Narziqulov shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirgani va boshqa ism ostida musobaqalarda ishtirok etgani maʼlum boʻlgan. Jasur 2005-yilda Qozogʻiston fuqaroligini olgan davrida asl tugʻilgan sanasini 1984-yildan 1987-yilga, shuningdek asl ismini Jasulan Dehqonovga oʻzgartirgani aniqlangan[13]. Natijada 2008-yilgi mavsum davomida Qozogʻistonda futbolning har qanday turida ishtirok etishdan chetlashtirilgan[14].
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Qozogʻiston | 2006 | 2 | 0 |
2007 | 1 | 0 | |
Umumiy | 3 | 0 |