Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jovlon Abdulhayevich Ibrohimov | ||
Tavallud sanasi | 10-dekabr 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Qarshi, OʻzSSR | ||
Boʻyi | 1.75 cm (1⁄2 in)[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007 | Traktor | 9 | (0) |
2008 | Nasaf | 4 | (0) |
2009—2010 | Lokomotiv | 26 | (2) |
2011—2019 | Bunyodkor | 168 | (20) |
2019 | Suwon | 8 | (0) |
2020 | Navbahor | 11 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011—2018 | Oʻzbekiston | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Javlon Abdulhayevich Ibrohimov (1990-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Javlon Ibrohimov professional faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yilning oxirida „Traktor“ bankrot boʻlib, tarqalib ketganidan soʻng Qarshining „Nasaf“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Nasaf jamoasida bir mavsum davomida va 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2009-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzib, ikki mavsum davomida „temiryoʻlchilar“ safida toʻp surgan. Lokomotiv klubi tarkibida 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2011-yilda Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ jamoasi safiga oʻtib, 2019-yilgi mavsumgacha faoliyat olib borgan.
2011-yil 24-fevral kuni „Bunyodkor“ sayti Jovlon Ibrohimovni „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2019-yil 18-fevral kuni „Bunyodkor“ Ibrohimovni Janubiy Koreyaning „Suvon“ jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan[2]. U turli klublar safida Oʻzbekiston oliy ligasida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan[3]. Javlon 2020-yilgi mavsumda Navbahor jamoasi safida oʻynagan va mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.
2011-yil 25-mart Chernogoriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida JCh-2014 saralash bosqichida ishtirok etgan. Soʻnggi marta 2018-yil6-sentyabrda Suriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.