Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jora Oganesyan | ||
Tavallud sanasi | 16-aprel 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Yerevan, Sovet Ittifoqi | ||
Boʻyi | 1.70 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003-2004 | Pyunik Yerevan | 25 | (4) |
2004-2007 | Olympiacos | 0 | (0) |
2004-2005 | → Egaleo (loan) | 0 | (0) |
2005-2006 | → Chaidari (loan) | 5 | (0) |
2006-2007 | → Agios Dimitrios (loan) | 15 | (1) |
2007-2008 | Agios Dimitrios | 17 | (0) |
2008 | Doxa Kranoula | 10 | (0) |
2009-2010 | A. O. Kymi | 30 | (12) |
2010 | Saturn Ramenskoye | 0 | (0) |
2012-2013 | Lokomotiv Tashkent | 21 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2005-2006 | Armaniston U-19 | 14 | (4) |
2007-2009 | Armaniston U-21 | 6 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jora Oganesyan (armancha: Ժորա Հովհաննիսյան, 1987-yil 16-aprelda tugʻilgan) — arman futbolchisi[1][2].
Ovannisyan 2004 yilning iyulida Gretsiyaning „Olimpiakos“ jamoasiga oʻtishdan oldin „Pyunik“ jamoasida oʻynagan. 2008 yilning yanvarida u „Olimpiakos“ dan Gretsiyaning „Beta Ethniki“ klubi „Agios Dimitrios“ ga ijaraga oʻtdi[3]. Ovannisyan 2008-yilning iyul oyida Doxa Kranoula jamoasiga kelib qoʻshildi va 2009 yil yanvar oyida Euboea mahalliy havaskorlar ligasida (1-divizion) ishtirok etuvchi AO Kymis jamoasiga oʻtdi. 2010-yilda Jora Rossiyaning hozirda tarqatib yuborilgan Saturn Moskva viloyati klubiga qoʻshildi. Koʻp oʻtmay, u otasi Xoren Ovannisyan murabbiylik qiladigan Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi. Jora Oganesyan 2012-yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topilgan edi[4]. Keyinroq, yaʼni 2013-yilda Oʻzbekistonning eng muvaffaqiyatli klubi — Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi va unga 10-raqamli forma topshirildi[5]. OChLning 2013-yilgi mavsumida „Paxtakor“ safiga kiritilgan[6]. Oganesyan „Paxtakor“ safidagi ilk golini "Neftchi"ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[7].
Ovannisyan Armaniston U-19 o‘smirlar terma jamoasi va Armaniston U-21 yoshlar terma jamoasining sobiq aʼzosi. Bosh murabbiy Vardan Minasyanning soʻzlariga koʻra, u Armaniston terma jamoasiga chaqirilmagan, chunki terma jamoaning hujumkor yarim himoyasi kuchli. Minasyan uni doimo ularning eʼtiborida ushlab turishini va kelajakda terma jamoaga taklif qilinishi mumkinligini aytdi[8].
Joraning otasi — sobiq sovet futbolchisi Xoren Ovannisyan, Armanistonning „Pyunik“ jamoasi sobiq prezidenti va Armanistonning „Oltin futbolchisi“, UEFA yubiley mukofoti sovrindori.