Margaret Gibson | |
---|---|
Tavalludi |
4-iyun 1948-yil Canada |
Vafoti |
25-fevral 2006-yil (57 yoshda) Toronto, Ontario, Canada |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Kanada |
Margaret Gibson (1948-yil 4-iyun – 2006-yil 25-fevral) Kanadalik yozuvchi, mashhur qissa va romanlar muallifi, Ontario shtatining Toronto shahrida yashab oʻtgan.
Margaret Gibson Torontoning Scarbrough qishlogʻida tugʻilib oʻsgan. Ota-onasi Odri va Deyn Gibson boʻlib, Margaret Gibson oilada oʻrtancha farzand. Uning ilk faoliyati 1970-yillarda boshlangan. Shu yili oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda ruhiy kasallik bilan kurash mavzusida asar yozishga kirishgan[1].
Gibson 1970-yillarning boshida Stuart Gilboord bilan turmush qurgan va oʻgʻil farzandli boʻlgan. Bolaning ismi Aaron edi. Gilboord bilan ajrashgandan soʻng, Gibson oʻzining uzoq yillik doʻsti boʻlgan aktyor va qoʻshiqchi Kreyg Rassell bilan birga yashagan.
Keyinchalik u ikkinchi marta Yuris Rasa bilan turmush qurgan[1]. Gibson 2006-yilda 57 yoshida koʻkrak bezi saratonidan vafot etgan[2].
Gibsonning ilk hikoyalar toʻplami „The Butterfly Ward“ [3] nomi bilan 1976-yilda nashr etilgan. Hayotiy tajribasiga asoslanib yozilgan asari „Making It“ hikoyasi asosida „Outregous“ badiiy filmi yaratilgan. Film rejissyori Richard Benner[4].
Gibsonning ilk hikoyalar toʻplamidagi yana bir hikoya boʻlgan „Ada“ CBC televideniyesi rejissyori Klod Jutra tomonidan sahnalashtirildi[5]. Bu muallifning ilk asaridagi muvafaqqiyatlari edi. Shu jumladan, „Ada“ filmi rejissyor Jutraning ham ingliz tilidagi birinchi filmi edi. „Butterfly Ward“ asari 1977-yilda Margaret Atwoodning "Lady Oracle" romani bilan bir qatorda Toronto shahrida Book Award mukofoti sovrindori boʻlgan[6]. Gibson boshqa hikoyalar toʻplamlari bilan ham mashhur. Muallifning „Considering Her Condition“(1978)[7], „Sweet Poison“(1993) [8] va „The Fear Room and Other Stories“ (1996) kabi toʻplamlari bor[9].
Uning ilk romani „Opium Dreams“ asari 1997-yilda nashr etilgan[9]. Roman Kanadadagi „Books in Canada First Novel Award“ mukofoti gʻolibi boʻlgan[10]. Gibsonning „Desert Thirst“ nomli soʻnggi hikoyalar toʻplami 1998-yilda yozilgan[11].