„"Maria Maria" qo'shig'i“ | ||||
---|---|---|---|---|
Fayl:Mariamaria santana singlecover.jpg | ||||
Santana va The Product G&B hamkorligidagi singli | ||||
„Supernatural“ albomidan | ||||
B tomon | „Migra“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 1999-yil 14-sentyabr | |||
Janr | Hip hop | |||
Davomiyligi | 4:23 | |||
Leybl | Arista | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Santana xronologiyasi | ||||
| ||||
The Product G&B xronologiyasi | ||||
|
„Maria Maria“ (tarjimasi „ Maria Maria“) – Amerika rok guruhi „Santana“ ijrosidagi qoʻshiq. „Maria Maria“ qoʻshigʻi „Santana“ rok guruhining 18-studio albomi "Supernatural" (1999) tarkibiga kiritilgan „The Product G&B“ ni oʻz ichiga oladi. „Maria Maria“ qoʻshigʻini Wyclef Jean, Jerry „Wonda“ Duplessis, Carlos Santana, Karl Perazzo va Raul Rekow yozgan, Jan va Duplessis esa qoʻshiqni ishlab chiqarishgan. „Maria Maria“ qoʻshigʻi uchun Amerikaning „The Headhunters“ jazz fusion guruhining „God Make Me Funky“ qoʻshigʻining baraban ritmidan namunalar olingan. Qoʻshiq ohangi Wu-Tang Clanning „Wu-Tang Clan Ainʼt Nuthing ta Fuck Wit“ qoʻshigʻidan ilhomlanib yozilgan. 2000-yilgi „Grammy“ mikofotini taqdirlash marosimida „Maria Maria“ qoʻshigʻi „duet yoki vokalli guruh tomonidan ijro etilgan eng yaxshi pop ijrosi uchun“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
„Maria Maria“ qoʻshigʻi 1999-yil 14-sentyabrda birinchi marta Amerika shahar radiosiga chiqarildi. Keyingi yillarda qoʻshiq butun dunyo boʻylab tarqaldi. „Maria Maria“ qoʻshigʻi Kanada, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Shvetsiya, Shveysariya va AQSh chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. AQShda „Maria Maria“ qoʻshigʻi 10 hafta davomida "Billboard Hot 100" charti reytingida birinchi oʻrinni egalladi. 2009-yilda „Maria Maria“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ chartining 2000-yildan 2009-yilgacha boʻlgan davrdagi eng muvaffaqiyatli qoʻshiqlar roʻyxatida 14-oʻrinni egalladi. Toʻqqiz yil oʻtgach, „Billboard Hot 100“ chartining 60 yilligi sharafiga „Billboard“ turli nominatsiyalar boʻyicha chart yaratilganidan beri eng yaxshi qoʻshiqlar roʻyxatini tuzdi. „Maria Maria“ qoʻshigʻi ushbu reytingda 122-oʻrinni egalladi.
"Maria Maria" qoʻshigʻi matni Wyclef Jean, Jerry „Wonda“ Duplessis, Carlos Santana, Karl Perazzo va Raul Rekov tomonidan yozilgan[1]. Jean va Duplessis „Maria Maria“ qoʻshigʻini Carlos Santana bilan birga Jeanning oldingi musiqiy guruhi „Fugees“ San-Fransiskoda gastrol safarida boʻlganida yaratishgan[2]. „Drink Champs“ podkastiga bergan intervyusida Jean 1993-yilda Wu-Tang Clanning „Wu-Tang Clan Ainʼt Nuthing ta Fuck Wit“ nomli qoʻshigʻini qayta ishlash orqali „Maria Maria“ qoʻshigʻining kompozitsiyasini oʻylab topganini aytdi[3]. „Maria Maria“ qoʻshigʻi uchun „The Headhunters“ guruhining 1975-yilda chiqqan „Survival of the Fittest“ nomli albomidagi „God Make Me Funky“ qoʻshigʻining baraban ritmidan ham namunalar olingan[2]. Jean Marvin Moore va David McRaedan tashkil topgan „The Product G&B“ nomli musiqiy guruhdagi doʻstlaridan „Maria Maria“ qoʻshigʻini birgalikda ijro etishni soʻraydi. Marvin Moore va David McRae Jeanning taklifiga rozi boʻlishadi va birgalikda qoʻshiqni ijro etishadi[2].
"Maria Maria" qoʻshigʻining musiqiy videosida Carlos Santana va „The Product G&B“ jamoasi aʼzolari ochiq havodagi bazmda chiqish qilishi tasvirlangan. Videoda Santananing gitara chalayotgani va tomoshabinlar Maria deb taxmin qilishlari mumkin boʻlgan qiz qatnashgan sahnalar mavjud. Bu qiz oʻzi bilan olib chiqqan oynaga bir necha marta qaraydi va keyin musiqa ijro etayotgan guruh aʼzolariga qoʻshilib ketadi. 2000-yil yanvar oyida MTV va BET „Maria Maria“ qoʻshigʻining videosini oʻzlarining pleylistlariga qoʻshdilar.
"Maria Maria" qoʻshigʻi shunday muvaffaqiyatga erishdiki, Carlos Santana oshpaz Roberto Santibanez va „California Dudum Sports and Entertainment“ bilan birgalikda qoʻshiq nomi bilan atalgan restoranlar tarmogʻini ochishga muvaffaq boʻldi. Oshpaz Santibanez tomonidan yaratilgan menyuda qoʻziqorinli fajitalar, hindiston yongʻogʻi seviche va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan guakamol kabi taomlarni oʻz ichiga olgan anʼanaviy Meksika taomlari mavjud. Ushbu restoran tarmogʻining faqat toʻrttasi hozirgi kunda faoliyat olib boradi. Ulardan ikkitasi Shimoliy Kaliforniyada, bittasi Arizonada va bittasi Texasda joylashgan. Ushbu restoranlar dekoratsiyasini loyihalash uchun beshta rassom jalb qilingan[4].
2017 yilda „Maria Maria“ qoʻshigʻining koveri DJ Kholed, Rihanna va Bryson Tiller hamkorligida ijro etilgan „Wild Thoughts“ nomli albomdan joy oldi[5]. Ushbu qoʻshiq koʻplab mamalakatlar chartlarida eng yaxshi 10 talikka kiritildi va Buyuk Britaniyaning „UK Singles“ chartida birinchi oʻrinni egalladi[6][7].
Chart (2000) | Oʻrin |
---|---|
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[40] | 39 |
Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[41] | 36 |
Belgiya (Ultratop 50 Wallonia)[42] | 4 |
Daniya (IFPI)[43] | 12 |
Yevropa (Eurochart Hot 100)[44] | 2 |
Fransiya (SNEP)[45] | 8 |
Germaniya (Official German Charts)[46] | 7 |
Islandiya (Íslenski Listinn Topp 40)[47] | 44 |
Niderlandiya (Dutch Top 40)[48] | 11 |
Niderlandiya (Single Top 100)[49] | 10 |
AQSH „Billboard Hot 100“[50] | 3 |
AQSH „Hot R&B/Hip-Hop Songs“ (Billboard)[51] | 15 |
AQSH „Mainstream Top 40“ (Billboard)[52] | 15 |
AQSH „Rhythmic“ (Billboard)[53] | 21 |
Chart (2000-2009) | Oʻrin |
---|---|
Germaniya (Official German Charts)[54] | 83 |
Niderlandiya (Single Top 100)[55] | 59 |
AQSH „Billboard Hot 100“[56] | 14 |
Chart | Oʻrin |
---|---|
AQSH „Billboard Hot 100“[57] | 122 |
AQSH „AQSH Hot 100 Latin Songs“ (Billboard)[58] | 2 |