Mek — Indoneziyaning Papua (sobiq Irian Jaya) provinsiyasining sharqiy qismida yashovchi papua qabilasi[1]. Bu qabila Yangi Gvineyaning markaziy qismidagi eng koʻp sonli qabila boʻlib, soni taxminan 40 000 kishiga atrofida ekani aytiladi[2].
Mek xalqi Yangi Gvineya orolining markaziy qismidagi Papua viloyatining sharqiy qismidagi baland togʻlarda keng tarqalgan. Ular gʻarbdan yali va dani xalqlari bilan chegaradosh boʻlib, meklardan sharqdagi yerlarda ok qabilasi vakillari yashaydi. Indoneziya va Papua-Yangi Gvineya chegarasi mek va oklarni ajratib turadi[3].
1972-yilda meklar ilk marotaba Eypo hududiga koʻchib oʻtishgan, 1974-yilda Indoneziya hukumati ular bilan aloqa oʻrnatgan. Mek yerlarida samolyotlar uchish-qoʻnish yoʻlaklari barpo etilgan. 1976-yilda boshqa qabilalar bilan adovat poyoniga yetdi. Meklar tosh davri xalqlarining anʼanaviy turmush tarzini tark etib, turmush tarzining madaniy shakliga oʻtgan[4].
Meklar oʻtroq dehqonlardir. Ular taxminan 300 yillardan buyon shirin kartoshka yetishtirish bilan shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, yams, taro, banan va shakarqamish ham yetishtirishadi[1]
Mek xalqining anʼanaviy dini ajdodlarga sigʻinish marosimiga asoslangan. 1981-yilda har uchinchi mek nasroniylikni qabul qilgan[1]
Mek tilida 40 000 ga yaqin kishi soʻzlashadi. U uchta shevaga boʻlinadi[5][6][7]..