Onasi – Luiza Karimovna Zokirova, 1960–1970-yillarda mashhur estrada xonandasi boʻlgan. U akasi, taniqli estrada xonandasi Botir Zokirov[6] bilan duet kuylagan. Nargizning otasi Poʻlat Sionovich Morduxayev, buxorolik yahudiy, Botir Zokirov ansamblida barabanchi boʻlgan. Nargiz otasining ogʻir kasalligi tufayli 2012-yilda „Golos“ telekoʻrsatuvining birinchi kastingida ishtirok eta olmagan[7]. Poʻlat Morduxayev 2013-yilaprel oyida vafot etgan[8].
Nargiz 4 yoshida birinchi marta sahnaga chiqdi. 15 yoshida amakisi Farrux Zokirov musiqasi va Ilya Reznik[9] soʻzi bilan yozilgan „Meni esla“ qoʻshigʻi bilan chiqish qildi. Rejissyor Ali Xamrayev tomonidan suratga olingan „Vodiylik kelin“ filmi uchun bastalangan bir qancha qoʻshiqlar bilan „Yurmala-86“ birinchi Butunittifoq televizion tanlovida ishtirok etdi va tomoshabinlar eʼtiborini qozondi[10]. 1988-yilda yosh xonandaning „Shaggy student“ qoʻshigʻi uchun olingan video „Do 16 ili starshe…“ telekoʻrsatuvida namoyish etildi[11].
Zokirova Respublika sirk maktabining estrada boʻlimida tahsil olgan. U oʻz guruhi bilan muvaffaqiyatli chiqishlar qilgan.
Nargiz 2013-yilda amerika The X-Factor tanlovining uch bosqichidan oʻtdi, ammo tashkilotchilar boshqa qoʻngʻiroq qilishmadi. Soʻngra Rossiyaning „Golos“ televizion loyihasida qatnashdi[12]. Nargiz barcha toʻrt hakamni hayratda qoldirdi vaLeonid Agutin[13] jamoasini tanladi. 2013-yil20-dekabrda tanlovning finaliga chiqdi[14]. U Sergey Volchkovga katta farq bilan yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Biroq, qoʻshiqchi: „Men yutmadim, men gʻalaba qozondim“,– deb hisoblaydi[15].
Zokirova 2014-yilning aprelidan 2019-yilning avgustigacha prodyuser va bastakor Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qilgan. Musiqachi 2014-yil 3-iyulda chiqarilgan „Ya – ne tvoya“ yakkaxon debyutini yozdi. Oktyabr oyida qoʻshiq uchun videoklip premyerasi boʻlib oʻtdi, unda eri Filipp Balzano bilan birga rol oʻynagan[16].
Nargiz Zokirova Rossiya „Perviy kanal“dagi „Golos“ („Ovoz“) dasturidagi nisbatan muvaffaqiyatli va eʼtiborga molik va oʻziga xos noodatiy tashqi koʻrinishli ishtirokidan soʻng nafaqat Rossiya, balki MDH mamlakatlarida ham tanildi.
Nargiz Zokirova 2014-yil10-aprel kuni Rossiya talablarini buzgani uchun mahalliy Migratsiya xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan. Nargiz Zokirova Rossiyaning Yugra okrugidagi yirik shaharlarda gastrol dasturi bilan chiqish qilayotgan boʻlgan. Surgut shahrida hech qanday muammolar uchramagan, biroq Nijnevartovskda mahalliy migratsiya xizmati xodimlari uni qoʻlga olib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzishgan[18].