Navbahor Nishon qizi Hamidova | |
---|---|
Navbahor Hamidova 2024-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
7-fevral 2001-yil Samarqand, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Navbahor Nishon qizi Hamidova (2001-yil 7-fevral, Samarqand[1], Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol boskchi, 2024-yilgi Parij olimpiadasi ishtirokchisi[2]. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori.
2019-yilgi Mongoliyaning poytaxti Ulan-Batorda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan[3].
2021-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Stranja—2021 turniri ishtirokchisi[4].
2021-yilgi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrdia oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan[5].
2022-yil Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan[6][7].
2023-yil yanvar oyida Tailandda oʻtkazilgan 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 66 kg vaznda oltin medal sohibi boʻlgan[8].
2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan[9][10].
2024-yil Tailandning Bangkok shahrida 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan litsenzion turnirda gʻolib boʻlib, Olimpiada ishtirokchisiga aylangan[11][12][13].