Sobiq nom(lar)i | Центральный Стадион Навбахор Наманган |
---|---|
Joyi | Namangan, Oʻzbekiston |
Qachon qurilgan | 1955-1956 - yillari |
Qachon ochilgan | 1956-yil |
Qachon taʼmirlangan | 1975-1989-2009-2013 - yillari |
Egasi | Navbahor futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 21.913 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Navbahor futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi |
Navbahor markaziy stadioni — 1960-yillarda qurilgan Oʻzbekistondagi eng katta stadionlardan biri. Stadion oʻz bagʻriga 22 mingga yaqin muxlis sigʻdira oladi. Stadion Namangan shahrining kirish qismiga yaqin yerda joylashgan. Stadionda mahalliy Navbahor futbol klubi toʻp suradi.
„Navbahor“ markaziy oʻyingohi 2013-yilda foydalanishga toshiriladi.[1][2]
Stadion qurilishi 1956-yilda yakunlangan . Xuddi shu yili ochilgan. Yillar davomida u bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Eng keng qamrovli rekonstruksiya 1975, 1989, 2009 va 2013-yillarda amalga oshirilgan. 2013-yildagi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan oldin stadion 28480 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lsa, 2009-yildagi rekonstruksiyadan oldin u 45000 tomoshabinni sig‘dira olardi. Oxirgi taʼmirdan soʻng sigʻim 22 000 tagacha qisqartirildi, ammo stadion yanada zamonaviylashdi va FIFA va OFK standartlariga moslashdi . Stadionda barcha qulayliklar va zarur zamonaviy infratuzilma mavjud. Maydon atrofida yugurish yoʻlagi bor[3].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-yanvardagi „2011-2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra[4] Namangandagi „Navbahor“ markaziy oʻyingohini qayta rekonstruktsiya qilish hamda klub qoshidagi futbol maktabi uchun sport inshootini qurish[5] belgilab qoʻyilgandi. Quyida bugungi kunda „Navbahor“ oʻyingohida olib borilayotgan taʼmirlash va boshqa qurilish ishlari davom etayotgan inshootlari haqida maʼlumot berib oʻtamiz.[6] Stadion qayta qurilishi uchun 16 million $ dollardan oshiq mablagʻ sarflangan.[7]
Futbol maktabi sport inshootlarini qurilishi uchun Namangan shahar hokimining 2011-yil 28 fevraldagi qarori bilan 1,7 gektar yer maydoni ajratilgandi. Futbol maktabi sport inshootlari tarkibiga 90x60 m. va 80x60 m. Oʻlchamli ikkita futbol maydoni ikki qavatli maʼmuriy bino, injener kommunikatsiyalari kiritilgan. Ayni paytda Namangan shahrining Doʻstlik shoh koʻchasi yonida joylashgan „Navbahor-Umid“ futbol maktabining qurilish ishlari deyarli yakuniga etib boʻldi. Jumladan, maktabning maʼmuriy binosi, xojatxona va nasos binolari qurib bitkazildi. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash ishlari yakunlansa, bino tayyor holga keltiriladi. Yaqin kunlar ichida ikkita futbol maydonidagi ishlar ham yakuniga etadi. Maydonlarning birini sunʼiy qoplamali bOʻlishini eʼtirof etish joiz. Sport inshootining umumiy loyihaviy qiymati 1728 mln. soʻmni tashkil etadi.
„Navbahor“ markaziy oʻyingohidagi taʼmirlash ishlari esa maʼlum tanaffusdan keyin yana davom ettirilmoqda. Shu kunlarda bosh pudratchi hisoblangan qurilish tashkiloti rekonstruktsiyani boshlab yubordi. 1980-yilda foydalanishga topshirilgan markaziy oʻyingoh shu paytga qadar toʻla taʼmirlanmagandi. Faqatgina har bir mavsum arafasida joriy taʼmir ishlari olib borilardi. Zamon zayli bilan deganlaridek, bugungi kunda Oʻyingoh xalqaro oʻyinlarni oʻtkazish talabiga javob bermaydi. Umumiy er maydoni esa 6,2 gektarni tashkil qiladi. Oʻyingoh maydoni 110x67 metrni tashkil etib, inshootda 23ta sektordan tashqari ikkita bino ham bor. Oʻyingohning oldi tomonida ikki qavatli maʼmuriy bino joylashgan. Endilikda koʻrinishi oʻzgacha boʻlishi bilan bir qatorda tomoshabinlar sigʻimi ham 20000 muxlisga moʻljallanishi koʻzda tutilgandi.[8] Ammo, Namangandagi oʻyingohni aksariyat hollarda ishqibozlar bilan toʻlib toshishi bois namanganlik muxlislar klub rahbariyati va viloyat futbol federatsiyasidan oʻrindiqlar sonini oshirishni soʻrashgandi. Ayni paytda ushbu masala koʻrib chiqilmoqda.
„Navbahor-Umid“ futbol maktabi yaqin kunlar ichida jamoa tarbiyalanuvchilari ixtiyoriga topshirilsa, markaziy oʻyingoh esa 2013-yilgi mavsum arafasida foydalanishga topshiriladi.[9][10]
2020-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga Navbahor Markaziy stadioni mezbonlik qilgan.[11]
2019-yil Namangan shahri Oʻzbekiston yoshlar jamoasi (U19) oʻrtasidagi Oʻrtoqlik oʻyiniga mezbonlik qilgan.[12] Shuningdek Navbahor Markaziy stadioni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻrtoqlik,[13] Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga ham mezbonlik qildi. 2021-yil Oʻzbekiston vs Gana jamoalari oʻrtasida oʻyinlar oʻtkazilgan boʻlsa,[14] 2022-yil mart oyida Markaziy Osiyo Navroʻz kubogiga mezbonlik qildi. 2023-yilgi Osiyo kubogi saralash baxslari ham Markaziy stadionda oʻtkazildi.[15]