Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nosirbek Otaqoʻziyev | ||
Tavallud sanasi | 29-dekabr 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2003 | Neftchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2009 | Neftchi | 107 | (49) |
2010 | Olmaliq | 26 | (13) |
2011—2012 | Nasaf | 26 | (8) |
2013 | Olmaliq | 10 | (2) |
2013 | Guliston | 12 | (3) |
2013—2014 | Neftchi | 21 | (6) |
2015—2019 | Qoʻqon 1912 | 103 | (25) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Nosir Otaqoʻziyev (ruscha: Отакузиев, Носир; 1984-yil 30-yanvar) – sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida o'ynagan. 2020-yildan Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti[1].
Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. Nosir „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49 ta gol urgan. 2010-yilgi mavsumda „Olmaliq“ klubi tarkibida oʻynagan va mavsum soʻngida 13 ta gol bilan oliy liganing eng yaxshi ikki toʻpuraridan biriga boʻlgan. 2011-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubiga koʻchib oʻtgan. Mavsum davomida Otaqoʻziyev 2011-yilgi OFK Kubogida 5 ta gol urgan va turnir yakunida Nasaf jamoasi bilan birgalikda chempion boʻlgan[2]. 2013-yilgi mavsumda avvaliga „Olmaliq“ jamoasida, mavsumning ikkinchi qismida „Guliston“ jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasida oʻynagan[3]. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan va 2019-yilgi mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan[5][6].
Nosirbek Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan. 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.