Tahallusi |
Oq boʻrilar (White Wolves) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi | ||
Konfederatsiya | AFC (Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | Jamoliddin Rahmatullayev | ||
Sardor | Lazizbek Mirzayev | ||
Uy stadioni | Paxtakor markaziy stadioni | ||
FIFA kodi | UZB | ||
| |||
FIFA U-17 Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 2 (Ilk marta 2011-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Chorak-final, 2011 | ||
AFC U-17 Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 10 (Ilk marta 1994-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (2012) |
17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi — xalqaro futbol turnirlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoa boʻlib, uning tarkibiga Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan (U-17) futbolchilari kirishi mumkin. Jamoa yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi nazoratida boʻladi.
„Oq boʻrilar“ yoshlar jamoasi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi turli xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda.
7 marta 16 yoshgacha (U-16) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati-2010 U-16 da Oʻzbekiston terma jamoasi turnir finaliga qadar yetib borgan va KXDR yoshlar terma jamoasining hal qiluvchi bahsida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor musobaqa finalida maydonga tushdi va ilk bor kumush medal sohibiga aylandi. 2011-yilda 15 yoshgacha (U-15) oʻsmirlar terma jamoasiga Dilshod Nuraliyev yangi murabbiy etib tayinlangan. Nuraliev boshchiligida jamoa 2011-yilning 1-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi 2012-yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.
2012-yilda BAAda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang oʻynab, finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida 3:2 hisobida magʻlub etib, 1-oʻrinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 16 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi marta qitʼa kubogi — 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻlgan mamlakatning birinchi terma jamoasiga aylandi.[1][2][3]
17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan U-17 jahon chempionatida debyutini nishonladi. AQSH, Chexiya va Avstraliya terma jamoalari oʻrin olgan guruhdan milliy terma jamoamiz chiqishga muvaffaq boʻldi. 1/8 finalda oʻzbekistonliklar allaqachon tanish boʻlgan avstraliyaliklar ustidan gʻalaba qozonishdi — 4:0. Ammo chorak finalda Oʻzbekistonni Urugvayning tajribali oʻsmirlar terma jamoasi 0:2 hisobida magʻlub etib, toʻxtatib qoldi. Urugvay faqatgina finalda Meksikaga yutqazdi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasining Meksikadagi chempionatdagi debyut oʻyini Oʻzbekiston terma jamoalarining jahon chempionatidagi ilk yirik muvaffaqiyati boʻldi.
2012-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga koʻra, terma jamoa 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2012-yilgi Osiyo chempioni boʻlgan Dilshod Nuraliev yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati-2013 dan barchaning umidi katta edi. Jamoa toʻplar nisbati boʻyicha Marokash termasidan ortda qolib, 7 ochko bilan ishonchli tarzda guruhdan 2-oʻrindan chiqib ketdi. Ammo 1/8 finalda jamoa kutilmaganda Gondurasga minimal 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv boshidanoq terma jamoa uchun omadsiz keldi: 24-daqiqada oʻyin hakami terma jamoa himoyachisi Akramjon Komilovni maydondan chetlatdi. Birinchi boʻlimda qizil kartochka olgani uchun Nuraliev oʻyinni qayta tiklashga majbur boʻldi va jamoa oʻyindagi dastlabki taktikani amalga oshira olmadi. Nuraliev oʻyin oldidan jamoa hujumkor futbol oʻynashini takidlagan edi.
2013-yilda Timur Alimxoʻjayev oʻsmirlar (U-15) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Terma jamoa 2013-yilda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, 2014-yilda Tailandda boʻlib oʻtadigan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. 2014-yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan (U-16) yoshlar terma jamoasiga avval „Oqtepa“ klubini boshqargan Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 2014-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Mochinov jamoasi chorak final toʻsigʻidan oʻta olmadi. U-16 terma jamoasi Suriya termasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, 2015-yilgi U-17 jahon chempionati yoʻllanmasidan mahrum boʻldi. Mochinov terma jamoadagi lavozimini tark etdi.
Timur Alimxoʻjaev 15 yoshgacha boʻlgan yangi terma jamoaga 2016-yilgi Osiyo chempionati U-16 saralash oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun murabbiy etib tayinlandi. Jamoa 2016-yilgi Osiyo chempionatiga muvaffaqiyatli yoʻl oldi. 2016-yilgi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi Iroq U-16 termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.
2017-yilda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasiga Dilshod Nuraliev yangi murabbiy etib tayinlangandi. 2017-yil sentabr oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati-2018 saralash turnirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda atigi 3-oʻrinni egallab, 2006-yildan buyon ilk bor Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. 2017-yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Nuraliyevni terma jamoadagi qoniqarsiz natija uchun ishdan boʻshatgan.
2018-yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Azamat Abduraimov Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga yangi saralash bosqichiga murabbiy etib tayinlandi.
AFC U-17 Osiyo Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qizil chegara Oʻzbekiston chempionatga mezbonlik qilganini bildiradi. |
FIFA U-17 Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
2023-yil 10-noyabrdan 2-dekabrgacha Indoneziyada boʻlib oʻtgan FIFA yoshlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga quyidagi tarkib chaqirilgan.