Erkin agent | |
---|---|
Pozitsiyasi | Markaz |
Shaxsiy maʼlumot | |
Tavalludi |
15-aprel 1982-yil Guliston, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Millati | Rus |
Boʻyi | 2.15 m (7 ft 1 in) |
Vazni | 115 kg (254 lb) |
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |
Oʻyindagi faoliyati | 2001—hozirgacha |
Faoliyat tarixi | |
2001—2002 | BCT Otrar Alma Ata |
2002—2004 | Saxa-Yakutiya (Yakutsk) |
2004—2006 | Ximki |
2006—2007 | Samara |
2007—2008 | Lokomotiv Rostov |
2008—2009 | Nijniy Novgorod |
2009—2011 | Samara |
2011—2012 | Spartak Primorye |
2012—2013 | Triumph Lyubertsy |
2013—2014 | Ruskon-Mordovia Saransk |
2014—2015 | Ural Yekaterinburg |
2015—2019 | Temp-SUMZ-UGMK Revda |
2019—2020 | Vostok-65 |
2020—2021 | Uralmash Yekaterinburg |
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida |
Sergey Nikolayevich Karaulov (1984-yil 15-aprel, Guliston, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rossiyalik professional basketbolchi, markazda oʻynaydi. Bugungi kunda „Uralmash“ basketbol klubida oʻynaydi[1].
Sergey Karaulov Oʻzbekiston SSRning Guliston shahrida tugʻilgan. U 18 yoshida basketbol bilan shugʻullana boshlagan. Basketbol maydoni joylashgan hudud uyidan uzoq boʻlishiga qaramasdan, professional darajaga chiqish uchun har kuni mashgʻulotlarga borar edi. Bolaligida u turli sport turlari bilan shugʻullangan. Jumladan, tennis, shaxmat, suv polosi va boks kabi sport turlariga borgan[2]. Oʻrta maktabni tamomlagan Karaulov Guliston universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitet basketbol jamoasiga qoʻshildi va mashgʻulotlarida muntazam qatnashdi. Sergey Nikolayevich Karaulov 2001—2022-yillarda Qozog'istonning „BCT Otrar Alma Ata“ klubida, 2002—2004-yillarda „Saxa-Yakutiya (Yakutsk)“ klubida, 2004—2007-yillarda „Ximki“ klubida, 2006—2007-yillarda „CSK VVS-Samara“ klubida, 2007—2008-yillarda „Lokomotiv Rostov“ klubida, 2008—2009-yillarda „Nijniy Novgorod“ klubida, 2009—2011-yillarda „Samara“ klubida, 2011—2012-yillarda „Spartak-Primorye“ klubida, 2012—2013-yillarda „Triumph Lyubertsy“ klubida, 2013—2014-yillarda „Ruskon-Mordovia Saransk“ klubida, 2014—2015-yillarda „Ural Yekaterinburg“ klubida, 2015—2019-yillarda „Temp-SUMZ-UGMK Revda“ klubida, 2019—2020-yillarda „Vostok-65“ klubida oʻynagan[3][4].
Sergey Karaulov 2004-yilgi NBA loyihasining ikkinchi bosqichida „San-Antonio Spurs“ jamoasi tomonidan 58-oʻrinda tanlab olingan.
Ikki fuqarolikka ega Karaulov O‘zbekiston yoki Rossiya terma jamoasini xalqaro terma jamoalar musobaqalarida himoya qilishi mumkin. 2001-yilgi ABC chempionatida Oʻzbekiston, 2007-yilgi yozgi Universiadada esa Rossiya terma jamoasi safida oʻynagan[5].