Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergei Mixaylovich Mosyagin | ||
Tavallud sanasi | 29-dekabr 1937-yil | ||
Tavallud joyi | Ryazan | ||
Vafot sanasi |
25-noyabr 2011-yil (73 yoshda) | ||
Vafot joyi | Moskva | ||
Ampluasi | Himoyachi / Murabbiy | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1950s | ? (Podolsk) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1950-yillar | FK Dinamo-2 Moskva | ? | (?) |
1956—1958 | FK MVO Moskva | ? | (?) |
1959—1962 | SKIF Moskva | ? | (?) |
Boshqargan klublari | |||
1963—1966 | Znamya Truda Orekhovo-Zuyevo | ||
1967—1970 | RSFSR yoshlar terma jamoasi | ||
1971—1973 | Zenit Izhevsk | ||
1973 | Sovet sport qoʻmitasi (Futbol maʼmuriyati) xodimi | ||
1974—1975 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi (yordamchi) | ||
1975—1978 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi | ||
1979 | Sovet Ittifoqi (yordamchi) | ||
1980 | Paxtakor Toshkent | ||
1981—1982 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi | ||
1983 | Sovet Ittifoqi (yordamchi) | ||
1984—1985 | Sovet Ittifoqi yoshlar terma jamoasi | ||
1986—1990 | Sovet Ittifoqi (yordamchi) | ||
1990—1992 | BAA yoshlar jamoasi & BAA (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergey Mixaylovich Mosyagin (1937-yil 29-dekabr, Ryazan viloyati, Belorechye qishlogʻi – 2011-yil 25-noyabr, Moskva) – sovet futbol murabbiyi. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977), RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1979). Sergey akasi Anatoliy Mosyagin ham sportchi bo'lib, bandy sport turi bilan shug'illangan.
1952-yilda Podolskda yoshlar jamoasida oʻynay boshladi, Moskva viloyati chempionatida oʻynadi. „Dinamo-2“ tarkibida KFK turnirlarida oʻynagan. Armiyaga chaqirilgandan soʻng, Moskva harbiy okrugining klub jamoasida oʻynagan (1956-1958). Taman divizioni terma jamoasida oʻynagan.
Davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi sifatida SKIF (Moskva) jamoasida talabalar chempionatida (1959—1962) oʻynagan. Ikki marta oliy liga jamoalariga taklif qilingan: 1962-yildagi dublda „Dinamo“ va 1963-yilda „Neftchi“ (Boku) jamoalari. Mosyagin ikki holatda ham rad javobini bergan. Bu qarorini oʻqishni tugatish va murabbiy boʻlish istagi bilan izohlagan Tizzasidagi jarohatlar tufayli futbol oʻynashga qiynalgan.
1963-yilda „Znamya truda“ga murabbiylikka oʻtdi. 1967—1970-yillarda RSFSR yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. Ikki jamoa – „Yunost Rossii“ va „Shkolniki Rossii“ jamoalari murabbiyi boʻlgan.
1971—1973-yillarda „Zenit“ murabbiyi boʻlgan. Uning qoʻl ostida jamoa Oliy ligaga ko'tarilishga asosiy davogar jamoalardan biri boʻlgan. 1973-yilda SSSR sport qoʻmitasining futbol boʻlimi murabbiyi. 1974—1975-yillarda SSSR yoshlar terma jamoasida Valentin Nikolayevga yordamchi boʻlgan.
1975—1978, 1981—1982 va 1984—1985-yillarda SSSR yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalari bosh murabbiyi boʻlgan. 1980-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
1979, 1983 va 1986—1990-yillarda SSSR terma jamoasi murabbiyi. 1990—1992-yillarda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya va yoshlar terma jamoalari murabbiyi va bosh murabbiyi boʻlgan. Rossiya Futbol uyushmasi terma jamoalar boʻlimi boshligʻi boʻlgan[1].
2011-yil 25-noyabrda vafot etgan[2][3]. Dafn marosimi 28-noyabr kuni 12-sonli Moskva klinik shifoxonasida boʻlib oʻtgan. Xuddi shu kuni Mosyagin Kotlyakovskiy qabristoniga dafn qilingan[4].
Mosyagin boshchiligida SSSR terma jamoasi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon kubogi-77, 1976-yilda UEFA yoshlar turniri gʻolibi va 1977-yilda ushbu turnirning 3-oʻrin sovrindori boʻlgan.
Mosyagin ishtirokida SSSR terma jamoasi Yevro-1988 chempionatida 2-oʻrin sohibi boʻlgan.