Shalva Eliava | |
---|---|
Tavalludi |
15-sentyabr 1883-yil |
Vafoti |
3-dekabr 1937-yil (54 yoshda) Moskva |
Fuqaroligi | SSSR |
Shalva Zurabovich Eliava (1883.15.9, Kutaisi gubernyasining Taniri qishlogʻi — 1937.3.12, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatgan siyosatchilardan. Peterburg universiteti yuridik ftida oʻqigan (1903—09). Talabalik paytidan bolsheviklarta qoʻshilgan. Vologda gubernyasi ijroiya komiteti raisi va oziq-ovqat komissari, rais oʻrinbosari (1917—18). RSFSR XKSning Turkiston ishlari boʻyicha Alohida muvaqqat komissiyasi raisi (1919-yil fevral — oktyabr), Turkiston fronti Inqilobiy harbiy kengashi aʼzosi (1919-yil avgust — 1920-yil sentyabr), Butun Rossiya MIK va RSFSR XKS Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) ning birinchi raisi (1919-yil noyabr — 1920-yil avgust), RKP (b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro) aʼzosi (1920-yil avgust). E. Turkistonda sovet rejimini zoʻravonlik bilan qaror toptirish uchun istiqlolchilarga qarshi kurashda mashʼum nom qozongan.
1920-yil yozidan RSFSRning Turkiya va Erondagi muxtor vakili. 1921—27 yillarda Gruziya SSR Harbiy-Dengiz xalq komissari, Gruziya SSR XKS raisi; ZSFSR XKS raisi (192730), SSSR Tashqi savdo xalq komissari oʻrinbosari (1931—36), SSSR Yengil sanoat xalq komissari oʻrinbosari (1936—37). Sovet rejimiga sodiqlik bilan xizmat qilgan boʻlsada, qatagʻonga uchragan (1937)[1].