Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sharof Niyatqul oʻgʻli Muhiddinov | ||
Tavallud sanasi | 14-aprel 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Jizzax, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nasaf | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2020 | Nasaf | 96 | (13) |
2021 | Paxtakor | 20 | (2) |
2022 | Nasaf | 22 | (2) |
2023 | Sanat Naft | 6 | (0) |
2023 | Neftchi | 9 | (1) |
2024 | Nasaf | ||
Milliy terma jamoa | |||
2015-2016 | Oʻzbekiston U-19 | 6 | (0) |
2019-2020 | Oʻzbekiston U-23 | 7 | (1) |
2019- | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18:00, 6fevral 2024-yil (utc) uchun) |
Sharof Muxiddinov (1997-yil 14-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ klubi yarim himoyachisi[1].
Qarshining „Nasaf“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 2015-yil „Nasaf“ tarkibida boshlagan va 2021-yilgacha qarshiliklar sharafini ximoya qilgan. 2021-yil mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ klubi safiga oʻtdi[2]. Sherlar safida Oʻzbekiston chempioni, kubok finalchisi va superkubok sohibiga aylandi.[3] Poytaxtliklarning ajralmas oʻyinchilaridan biriga aylanganiga qaramay, 2022-yil yana „Nasaf“ jamoasi safiga qaytdi.[4]
2023-yil yangi mavsum avvalida Eron yuqori ligasi vakili „Sanat Baft“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[5][6][7]. Eron jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan xolda, 2023-yil yozgi transfer oynasida Oʻzbekiston Superligasi vakili Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imnzoladi[8][9].
2024-yil „Neftchi“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach jamoani tark etdi[10] va 6-fevral kuni sobiq jamoasi, Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnma imzolagan[11].