Zero Two (yaponcha: ゼロツー Zero Tsū ) , shuningdek, Code:002 (yaponcha: コード:002 Kōdo:002 ) va 9'℩ (yaponcha: ナインイオタ Nain Iota , "Nine Iota") — A-1 Pictures, Trigger va CloverWorks tomonidan yaratilgan Darling in the Franxx yapon anime teleserialidagi xayoliy qahramon[1]. U serialning eng koʻzga koʻringan qahramoni va ikonasi sifatida yaratilgan. Zero Two - sunʼiy ravishda kashf qilingan hayot shakli boʻlib, doim toʻlaqonli inson boʻlishga intiladi hamda "Sherik qotili" nomi bilan mashhur boʻlgan elita sinfining uchuvchisidir. U bosh qahramon Hiroga "azizim" atamasi bilan murojaat qilgani bilan mashhur.
Zero Two eng koʻp mehnat talab qiladigan dizayn jarayoniga ega boʻlgan va Darling in the Franxx uchun ramziy belgi sifatida yaratilgan[2]. Serialning ijodiy xodimlari u eng diqqatga sazovor qahramon boʻlishi kerak degan fikrga kelishdi[3]. Zero Two-ning dastlabki dizayni uning yakuniy koʻrinishiga nisbatan sezilarli darajada farq qilgan, boshida u kichkina, sokin, qora sochli personaj sifatida namoyon boʻlgan[4]. Tanaka original dizaynni Klaxosaurs malikasi uchun moslashtirgan. Ijodiy jamoa kospley va fanartlarning koʻpligini taʼkidlab, Zero Twoni ramziy qahramonga aylantirish maqsadini muvaffaqiyatli deb hisobladi[5].
Zero Two — bu maxsus kuchlar boʻlinmasiga tegishli boʻlgan elita uchuvchi, u bilan birga uch marta parvozdan kegin halok boʻgan uning yordamchi uchuvchi sheriklaridan hech biri omon qolmagani uchun u „sherik qotili“ nomi bilan mashhur[6]. Odamlar va Klaxo sapiens (million yillar oldin Yerda yashagan kibernetik dinozavrga oʻxshash tur) oʻrtasida sunʼiy ravishda gibrid sifatida yaratilgan ushbu qiz super kuch va tez regeneratsiya kabi gʻayritabiiy qobiliyatlarga ega[7]. Odatda boshqalar tomonidan yirtqich hayvon sifatida qaraladigan Zero Twoning hayvonlarga xos jismoniy xususiyatlari bor, masalan, ikkita kichik qizil shoxchasi va oʻtkir tishlari[8]. U yoshligida bosh qahramon Hiro bilan uchrashgandan soʻng toʻliq inson boʻlishga intilishni boshlaydi va tez-tez insoniylik maʼnosini shubha ostiga qoʻyadi[9]. Zero Two oʻziga ishongan va qatʼiy xarakterga ega[10][11].
Bolaligida qizil teri, koʻk qon, uzun shoxlar, oʻtkir tishlari bilan tabiatan ancha hayvonga oʻxshash boʻlgan va „dunyoga nafrat bilan toʻlgan“ koʻzlari bilan boqqan[12] Zero Two oʻsib ulgʻaygach, sezilarli darajada gumanoidga oʻxshash koʻrinishga ega boʻlib, qoni qizil, terisi esa oq rangga aylanadi.
2018-yilning 5-martida Kim Kardashian Instagram'dagi profilida Zero Two suratini joylashtirdi va bu personaj uning soch turmagi uchun ilhom manbai boʻlganini aytdi[13].
{{cite episode}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite episode}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite episode}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite episode}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite episode}}
: CS1 maint: date format ()