Allegeyni-kollej

Allegeyni-kollej 1815-yilda tashkil etilgan xususiy erkin sanʼat kolleji boʻlib, Midvilla shahrida joylashgan (AQShning Pensilvaniya shtati). Kollejda 2100 ga yaqin talaba tahsil oladi.

Kollej tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Allegeyni-kollej 1815-yil aprel oyida Garvard universiteti ilohiyot maktabi bitiruvchisi ruhoniy Timoti Olden tomonidan tashkil etilgan. Hozirda u dunyoviy oʻquv muassasasi boʻlsa-da, 1833-yildan beri kollej tarixi Birlashgan Metodistlar cherkovi tarixi bilan chambarchas bogʻliq.

Toʻrt kishidan iborat birinchi yigʻilgan sinf 1816-yil 4-iyulda, odatiy universitet binolaridan tashqarida oʻqishni boshlagan. Keyingi olti yil ichida Olden kampus qurishni boshlash uchun yetarli mablagʻ toʻpladi. Birinchi boʻlib qurilgan kutubxona binosi loyihasi Olden tomonidan shaxsan ishlab chiqilgan boʻlib, hozirda u ilk Amerika meʼmorchiligining yorqin namunasidir. Kutubxona Uilyam Bentli sharafiga Bentli-holl deb nomlangan, u oʻzining katta kitoblar kolleksiyasini kollejga ehson qilgan. 1824-yilga kelib, kollej kutubxonasi shunchalik kattalashganki, Tomas Jefferson Oldenga yozgan maktubida bir kun kelib u asos solgan Virjiniya universiteti kutubxonalar jamgʻarmalari u bilan teng kela olishiga umid bildirgan[1]. 1831-yilda moliyaviy va kadrlar bilan bogʻliq muammolar tufayli Timoti Olden kollej prezidenti lavozimidan ketishga majbur boʻldi.

1870-yildan boshlab Allegeyni-kollejga qizlar qabul qilina boshlagan[1]. Baʼzi manbalarga koʻra, birinchi talaba Ida Tarbell boʻlib, keyinchalik u oʻzining jurnalistik tadqiqoti bilan mashhur boʻlgan[2].

1905-yilda yangi tayyorgarlik kurslari uchun Olden-holl qurilgan[3].

36 ta asosiy kampus binolari uning markaziy qismida 31 gektar maydonda joylashgan. Bundan tashqari, uning hududida rekreatsiya zonasi (74 gektar), shuningdek, qoʻriqlanadigan oʻrmon zonasi (115 gektar) mavjud.

Taniqli bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Uilyam Mak-Kinli (1843-1901)[4] — AQShning 25-prezidenti.
  • Robert Duayer (1939-1987)[5] — siyosatchi, Pensilvaniya shtati gʻaznachisi, matbuot anjumani vaqtida oʻzini otib oʻldirgan.
  • Trent Reznor (1965-yilda tugʻilgan)[6] — Nine Inch Nails musiqiy guruhining solisti.
  1. 1,0 1,1 Haskins C. H. 1902.
  2. Eric Arnesen. „The muckraker and the magnate“ (en). Chicago Tribune (2008-yil 5-aprel). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr.
  3. Anne Stewart. „Nothing New Under the Sun“ (en). The Wall Street Journal (2003-yil 7-fevral). 2012-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr.
  4. „25. William McKinley“ (en). WhiteHouse.gov. 2012-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr.
  5. Jane Smith. „Budd Dwyer's son pleased with father’s portrayal in documentary“ (en). Meadville Tribune (2011-yil 19-yanvar). 2012-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr.
  6. David Kushner. „Trent Reznor’s pretty hate machines“ (en). Salon.com (2002-yil 17-sentyabr). 2012-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr. (WebCite saytida 2012-08-30 sanasida arxivlangan)
  • Haskins C. H. Allegheny College, Meadville (angl.) // Haskins C. H., Hull W, Contributions to American Educational History. — Washington: Government Printing Office, 1902. — Vol. 33 „A History of Higher Education in Pennsylvania“. — P. 7-22.