Andris Liepa | |
---|---|
Tavalludi |
6-yanvar 1962-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Kasbi | Baletmeyster, prodyuser |
Otasi | Maris Liepa |
Onasi | Margarita Jigunova |
Andris Marisovich Liepa (latishcha: Andris Liepa; 1962-yil 6-yanvar, Moskva, SSSR) – sovet va rus balet solisti, teatr rejissyori va prodyuseri, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2009)[1]. Otasi SSSR xalq artisti Maris Liepa nomidagi xayriya fondi asoschisi[2].
Andris Liepa 1962-yil 6-yanvarda Moskvada SSSR xalq artisti Maris Liepa va Moskva drama teatri aktrisasi Margarita Jigunova oilasida tugʻilgan[3]. Uning ismini bobosi Andrey Liepa sharafiga qoʻygan. Opasi – Ilze Liepa balet raqqosi, aktrisa, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2002), oʻgay opasi – Mariya Liepa, opera xonandasi.
Bolaligida Andris qishki va yozgi taʼtilni otasining Rigadagi uyida, buvisi Liliya va bobosi Andrey Liepa bilan birga oʻtkazgan. Rigada balet bilan shugʻullana boshlagan.
1981-yilda u IV Xalqaro balet tanlovi laureati boʻldi[4].
Kollejni tugatgach, u Katta teatr baletining solisti boʻldi. Ushbu truppadagi sakkiz yillik faoliyati davomida u teatr klassik repertuaridagi baletlarda bosh rollarni ijro etgan. U Vashingtondagi spektakl chogʻida ogʻir jarohat olib, sahnani tark etdi[5].
Keyinchalik Kreml balet teatrining badiiy rahbari va bosh xoreografi sifatida faoliyatini olib borgan[6]. Ketma-ket 17 yil davomida u Moskvadagi Gostiniy Dvorda yangi yil archalari va yangi yil toʻplarini oʻtkazish uchun masʼul oʻlgan[4].
1990-yillarda Latviya milliy operasi direktori Andrey Jagars Rigaga, „Petrushka“, „Olovli qush“ va „Rossiya fasllari“ operasida Shehrazadani sahnalashtirgan Andris Liepani hamkorlikka taklif qiladi[4].
1999-yil iyun oyida Latviya Respublikasi Seymi Andris Liepaga maxsus xizmatlari uchun Latviya fuqaroligini berdi.
2007-yilda u Latviyaning eng oliy mukofoti – "Uch yulduz" ordeni bilan taqdirlangan.
2019-yil 16-yanvardan 2022-yil 22-sentyabrgacha – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat akademik katta teatrining badiiy rahbari va bosh xareografi boʻlgan[7].
2014-yilda Andris Liepa „Andris Liepa Production“ madaniyat va taʼlim sohasidagi loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish markazi, shuningdek, Rossiya hamda chet ellarda gastrol dasturlarini tashkil etuvchi, gala-konsertlar oʻtkazadigan prodyuserlik markazini tashkil etdi.
2018-yilda Rimdagi Palazzo Polida boʻlib oʻtgan „Rossiya Rim“ xalqaro madaniyat festivali laureati boʻldi.