Konstantin Bezmaternix | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Konstantin Alekseyevich Bezmaternyx |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi | Perm |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 149.44 |
Qisqa dastur | 56.30 |
Erkin dastur | 95.48 |
Konstantin Alekseyevich Bezmaternyx (ruscha: Константин Алексеевич Безматерных; 1988-yil 22-mart, Perm) — figurali uchish boʻyicha murabbiy, juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq rossiyalik figurali uchuvchi. Sportdagi sherigi Kseniya Krasilnikova bilan 2008-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan.
Konstantin toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan. U 2002-yilda Kseniya Krasilnikova bilan juftlikda Permda Valentina va Valeriy Tyukovlar bilan birga mashq qilgan.
Kseniya va Konstantin ikki marta (2006- va 2007-yillarda) oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlishgan va 2008-yildagi turnirda chempionlik unvonini qoʻlga kiritishgan.
2008 — 2009-yilgi mavsumda Kseniya va Konstantin murabbiylari bilan birgalikda yana bir yil oʻsmirlar tofasida qolishga qaror qilishgan. Ular Meksikadagi oʻsmirlar Gran-prisida gʻalaba qozonishib, Belorussiyadagi bosqichda toʻrtinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, baribir finalga yoʻl olishgan. „Kattalar“ Gran-pri seriyasida juftlik Xitoyda chiqish qilishi eʼlon qilingan, ammo jarohati tufayli Kseniya sahnani tark etishga majbur boʻlgan[1]. Kseniya Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida sogʻligini tiklashga muvaffaq boʻlgan va ushbu turnirda juftlik uchinchi oʻrinnni qoʻlga kiritganlar. Juftlik 2009-yil fevral oyida ular Universiada tanlovida qatnashib, oltinchi (yetti ishtirokchi juftlikdan) oʻrinni egallashgan[2].
Konstantin bir guruh sportchilar, jumladan, Litvaning eng yaxshi figurali uchuvchilari — Goda Butkute va Nikita Ermolayev bilan ishlay boshladi. Ular bilan Yevropa chempionatida murabbiy sifatida debyut qildi. Biroq, bir necha kundan keyin, Slovakiyadagi musobaqadan soʻng, litvalik konkida uchuvchilar boshqa murabbiy qoʻl ostiga oʻtishdi.
Shuningdek, Konstantin Sankt-Peterburgda bir guruh yosh boshlangʻich konkida uchuvchilarni ham musobaqalarga tayyorlaydi.
(E. Petaikin bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2012 — 2013 |
---|---|
Rossiya chempionati | 11 |
(O. Nagalatiy bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2011 — 2012 |
---|---|
Rossiya chempionati | 11 |
(S. Imaykina bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2010 — 2011 |
---|---|
Rossiya chempionati | 10 |
Qishki Universiada | 4 |
(K. Krasilnikova bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2004 — 2005 | 2005 — 2006 | 2006 — 2007 | 2007 — 2008 | 2008 — 2009 | 2009 — 2010 |
---|---|---|---|---|---|---|
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 3 | 3 | 1 | |||
Rossiya chempionati | 8 | 9 | 5 | 4 | WD | |
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 1 | 1 | ||||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 6 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi | 5 | |||||
Nebelhorn kubogi | WD | |||||
Qishki Universiada | 6 | |||||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 2 | 1 | 3 | |||
Junior Gran-pri bosqichi, Meksika | 1 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Belarus | 4 | |||||
Junior Gran-pri bosqichi, Buyuk Britaniya | 2 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Germaniya | 3 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Chexiya | 1 | |||||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Tayvan | 4 | |||||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Yaponiya | 2 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Xorvatiya | 2 | |||||
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Belgrad | 6 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi, Fransiya | 4 |
WD = musobaqadan chiqarilgan