Roman Skornyakov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Tavallud sanasi |
17-fevral 1976-yil Yekaterinburg, RSFSR |
Sport | |
Qaysi sport | figurali uchish |
Roman Skornyakov (1976-yil 17-fevralda tugʻilgan, Sverdlovsk, RSFSR, SSSR) — oʻzbekistonlik va russiyalik figurachi. U 1996-yilgacha yakkalik holatdagi figurali uchishda Rossiya bayrogʻini, keyinchalik Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan. Roman Skornyakov 1997-2003-yillarda — Oʻzbekiston milliy chempioni boʻlgan. 1998-2002-yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston milliy termasida ishtirok etib, ikki marotaba 19-oʻrinni egallaydi. U 2000-2002-yillarda toʻrt qit’a chempionatida 7-oʻrinni qoʻlga kiritadi.
Roman Skornyakov 4 yasharidan[1] buyon “Yunost” (Yoshlik) sport maktabida Igor Ksenofontov[2] va Marina Voysexovskiylar[3] bilan figurali uchish boʻyicha shugʻullanib kelgan. U olimpiya zahiralar maktabini tamomlagan. 1995-1996-yillarda Rossiyaning ikkita chempionatida ishtirok etib, ikkinchi oʻntalikdan joy olgan. Shundan keyin u 1997-2002-yillarda yakkalik holatdagi erkaklar figurali uchish boʻyicha doimiy mamlakat chempioni sifatida 7 yil mobaynida Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan.Shu bilan bir qatorda Oʻzbekistonda sport anjomlari yetarli boʻlmaganligi sababli Skornyakov Yekaterinburgda mashgʻulotlarini davom ettiradi, lekin 1998-yildan AQSHdagi Deyl-Sitiga koʻchib oʻtadi[4][5].
U Oʻzbekiston uchun figurali uchish boʻyicha eng yirik jahon musobaqalarida: yetti bor jahon chempionatida, ikki marotaba Nagano va Solt-Leyk-Sitida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Mazkur musobaqalarda u eng kuchli yigirmata sportchilar qatoridan oʻrin egalladi. Sornyakovning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri — 1999-yilda Kanvondoda boʻlib oʻtgan Qishki Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritishi boʻldi.
U 2000-yilning yanvar oyida kelib chiqishi asli rossiyalik boʻlgan oʻzbek figurali uchuvchisi, Oʻzbekiston chempioni va toʻrt qit’a chempionati gʻolibi Tatyana Malinina bilan oila qurdi. Oradan vaqt oʻtib 2004-yilda bu juftlikdan Ilya ismli oʻgʻil farzand dunyoga keladi, 2017-yilda esa AQSH chempionatida oʻz yosh toifasida eng yaxshisi sanalgan. Soʻng Skornyakov 2022-yilda jahon chempionatida ilk bor ishtirok etgan.
Sport faoliyatining soʻnggida ikki juftlikning murabbiyi hisoblangan Igor Ksenofontov vafotidan keyin Skornyakov va Malinina birga figurali uchish boʻyicha shugʻullanishgan[6].
Ayni kunda Roman Skornyakov Virjiniya shtatidagi Deyl-Sitida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi[1].
Xalqaro | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqalar/mavsum | 94-95 | 95-96 | 96-97 | 97-98 | 98-99 | 99-00 | 00-01 | 01-02 | 02-03 |
Qishki Olimpiya o'yinlari | 19 | 19 | |||||||
Jahon chempionati | 20 | 14 | 21 | 17 | 20 | 19 | 20 | ||
To'rt qit'a chempionati | 9 | 7 | 12 | 7 | |||||
GP Lalique | 7 | ||||||||
GP NHK Trophy | 12 | 8 | 4 | 10 | 7 | ||||
GP Sparkassen | 7 | 11 | |||||||
Golden Spin of Zagreb | 6 | ||||||||
Skate Israel | 5 | 9 | |||||||
Osiyo o'yinlari | 2 | ||||||||
Osiyo kubogi | 7 | 2 | |||||||
Milliy | |||||||||
O'zbekiston | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||
Rossiya | 16 | 11[3] | |||||||
GP = Chempionlar seriyasi / Gran-pri |