Shamsiddin Vohidov

Shamsiddin Vohidov

Tugʻilgan sanasi: 11-yanvar 2002-yil (2002-01-11) (22 yosh)
Tugʻilgan joyi: Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Unvoni: Grossmeyster (2020), xalqaro usta (2016)
Maksimal reytingi: 2536 (2021-yil)
Hozirgi reytingi : 2552[1]
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Shamsiddin Vohidov (2002-yil 11-yanvar) – oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2020).

2015-yilda Shamsiddin Vohidov 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2018-yilda tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan olamshumul gʻalabaga erishdi. 2021-yilda u onlayn shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va FIDE jahon Kubkasiga saralanib olindi[2]. 2021-yil Sochida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining 1-raundida Luka Paychadzeni 2:0 hisobida magʻlub etgan, 2-raundda esa Sergey Karyakinga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.

2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida Shamsiddin Vohidov FIDE Grand Shveysariya turnirida 89-oʻrinni egalladi[3].

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Shamsiddin Vohidovga 2016-yilda xalqaro usta (IM) va 2020-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlarini berdi.

  1. Chess Ratings (01.07.2022 16:06:22)
  2. „Shamsiddin Vokhidov clinches Asian Hybrid Championship title“. 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  3. „2021 FIDE Chess.com Grand Swiss“. 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.