Navroʻz Joʻraqobilov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Navroʻz Ahmadovich Joʻraqobilov |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
17-mart 1984-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyodo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Bronza | Parij 2011 | 73kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Bronza | Guanchjou 2010 | 73kg gacha |
Bronza | Inchxon 2014 | jamoa |
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Toshkent 2012 | 73kg gacha |
Gran-pri | ||
Oltin | Boku 2011 | 73kg gacha |
Navroʻz Ahmadovich Joʻraqobilov (1984-yil 17-martda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek dzyudochisi, Oʻzbekiston chempionatlari chempioni va sovrindori, Osiyo oʻyinlari sovrindori, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori, 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.
Navroʻz Joʻraqobilov yengil vazn toifasida (73 kg gacha) ishtirok etadi. Oʻzbekiston chempionatlarining chempioni (2004), kumush (2010) va bronza (2014) medallari sovrindori. 2010-yilda Joʻraqobilov yakkalik bahslarida, 2014-yilda esa jamoada Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi. 2012-yilda Toshkentda oʻtkazilgan qitʼa chempionatining bronza medalini qoʻlga oladi. 2011-yilda Parijdagi jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.
Dzyudochi Navroʻz Joʻraqobilov 2011-yilda Bokuda Gran-prini qoʻlga kiritadi va 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻl oladi. U Olimpiada naurulik Sled Dovabobo va kanadalik Nikola Trittonlarni ustidan gʻalaba qozondi, biroq tojikistonlik Rasul Bakiyevga yutqazib, medallar uchun kurashishda yengiladi.