Yulianna Yuryevna Karaulova (1988-yil24-aprel, Moskva) – rossiyalik estradaxonandasi va teleboshlovchi, 5sta Family guruhining sobiq yakkaxoni, „Yulduzlar fabrikasi-5“ finalchisi. „Fantastika“ning birinchi mavsumi gʻolibi[1], „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ teleoʻyinining boshlovchisi (2023-yildan).
Yulianna 1988-yil 24-aprelda Moskvada tugʻilgan[2]. Karaulova 4 yoshida boʻlganida, otasi Bolgariyaga ishlashga joʻnatiladi va u oilasi bilan Sofiyaga koʻchib oʻtadi. Qoʻshiqchi Rossiyaning Bolgariyadagi elchixonasi qoshidagi maktabda tahsil olgan[3]. 11 yoshida Yulianna Moskvaga qaytib keladi[4] va bu yerda 1106-sonli maktabni tugatadi[5].
2003-yilda qoʻshiqchi oʻsmirlar jurnali „Yes!“ tomonidan tashkil etilgan „Yil yuzi“ tanlovida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Shundan soʻng Karaulova „Yes!“ guruhining solistlaridan biriga aylanadi[6].
2004-yilda qoʻshiqchi Alla Pugachova boshchiligidagi Birinchi kanalning „Yulduzlar fabrikasi 5“ televizion loyihasining ishtirokchisiga aylanib, finalga chiqqan[6]. Loyiha davomida qoʻshiqchi Ruslan Masyukov bilan duetda „Net tebya“ qoʻshigʻini ijro etgan. „Dojd“ yakkaxon kompozitsiyasi ham yozilgan. Loyihaning oxirida Karaulova Maksim Fadeyevning yangi „Netske“ guruhiga tarkibiga olinadi, guruh tarkibida „Ya djoker kinu na stol“ va „Ya popala v seti“ qoʻshiqlarini yozadi (ikkinchi qoʻshiq, koʻpincha Yuliannaning yakkaxon qoʻshigʻi sifatida qayd etilgan)[6].
„Yulduzlar fabrikasi“dan keyin qoʻshiqchi yarim yil Londonda tahsil olgan. Bir muddat „Yes!“ jurnalida muharrir boʻlib ishlgan[6][7].
2011-yil bahorida 5sta Familiy guruhining solisti Loya ketganidan keyin Karaulova guruhning solistiga aylanan[8]. 4 yil davomida guruh bir nechta xitlarni yozib olib va bir qator nufuzli nominatsiyalar va mukofotlarga sazovor boʻladi, shu jumladan „Vmeste mi“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Grammafon 2013“ni qoʻlga kiritishgan.
2014-yilda Yulianna Karaulova Rossiya musiqa akademiyasining prodyuserlik fakultetini tamomlaydi. Oldinroq qoʻshiqchi akademiyaning estrada-jazz vokal fakultetini tamomlagandi[9]. 2015-yil 20-sentyabrda Karaulova guruhdan ketishini eʼlon qiladi[10].
2015-yil may oyida hali 5sta Family guruhi tarkibida boʻlgan Karaulova „Ti ne takoy“ qoʻshigʻi uchun debyut videoklipini taqdim etadi. Qoʻshiq musiqasi va soʻzlari muallifi R’nʼB qoʻshiqchisi Byankadir. Videoklip Rimda suratga olingan[11]. 2021-yil iyul oyiga koʻra, klip Youtube videoxostingida 40 milliondan ortiq marta koʻrilgan[12].
Dekabr oyining oxirida Karaulovaning „Xyuston“ qoʻshigʻi uchun olingan ikkinchi videoklipi chiqadi[13].
Debyut yakkaxon albomi „Chustvo Yu“ 2016-yil 30-sentyabrda chiqqan[14]. Albom taqdimoti va Yulianna Karaulovaning birinchi yakkaxon konserti 1-noyabr kuni Moskvaning RED klubida boʻlib oʻtgan[15].
2016-yil dekabr oyida Dmitriy Malikov bilan birga kuylagan „Snejinka“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi[16].
2017-yil 31-mart kuni „Ti moy“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi[17]. 30-may kuni „Ne veryu“ singlining taqdimotoldi tadbiri boʻlib oʻtib, 18-iyun kuni qoʻshiq premyerasi boʻlib oʻtgan[18]. 5-iyul kuni „Ne veryu“ videoklipining premyerasi boʻlgan[19]. 10-oktyabr kuni Karaulova „Marsel“ va KREC guruhlari bilan birgalikda ijro etgan „Nebo lyubit nas“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi[20]. 24-oktyabr kuni VKontakte ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari uchun „Prosto tak“ qoʻshigʻining eksklyuziv premyerasi, 27-oktyabrda esa qoʻshiqning umumiy premyerasi boʻlib oʻtgan[21]. 17-noyabrda „Fenomeni“ mini-albomi chiqqan. 14-dekabr kuni „Prosto tak“ videoklipining premyerasi boʻlib oʻtadi.
2018—2019-yillar: Yangi qoʻshiqlar va „Bit silnimi“ albomi
2018-yil 30 mart kuni „Leti za mnoy“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi. 30-may kuni „Leti za mnoy“ videoklipining premyerasi boʻlgan[22]. 6-iyun kuni „Odin den leta“ filmining saundtreki boʻlgan „Nebo lyubit nas“ videoklipining premyerasi boʻlib oʻtgan[23]. 21-sentyabr kuni „Mayachki“ qoʻshigʻining premyerasi boʻladi[24]. 30-noyabr kuni „Adrenalin tekila“ singlining premyerasi boʻlgan[25]. 10-dekabr kuni „Mayachki“ klipining premyerasi boʻlib oʻtadi[26].
2019-yilning 15-fevralida „Luchshiy vrag“ videoklipining tizeri namoyish etiladi[27], 17-fevralda esa videoklipning premyerasi boʻladi[28].
15-mart kuni „Arivederchi“ singlining premyerasi boʻlgan. „Bit silnimi“ albomi 22-martda chiqarilgan[29]. 20-may kuni „Arivederchi“ klipining premyerasi[30], 4-sentabr kuni esa „Tansi na nervax“ klipining premyerasi boʻlib oʻtgan[31].
21-noyabr kuni „Dikaya Puma“ singlining premyerasi boʻlib oʻtdi[32], 9-dekabrda esa videoklipi chiqdi[33].
2020-yil 13-martda „Gradusi“ singli[34], 24-aprelda esa videoklipi premyerasi boʻlib oʻtgan[35]. 21-iyul kuni „ProLyubov“ singlining premyerasi boʻlgan[36]. 27-avgust kuni Maksim Fadeyev bilan „Tem, kto ryadom“ duet singlining premyerasi boʻlib oʻtib, 5-noyabr kuni videoklipi chiqqan[37] . 16-noyabr kuni „Chao Chao“ singlining premyerasi boʻlgan[38].
2021-yil 29-yanvarda „Tak silno“ singlining premyerasi[39], 23-martda esa videoklipi premyerasi boʻlib oʻtadi[40]. 7-iyul kuni „Vinchester“ singlining premyerasi boʻlgan[41]. 17-noyabr kuni „Strannaya lyubov“ singlining premyerasi[42], 13-dekabrda esa „No1“ singlining premyerasi boʻlib oʻtdi[43].
2016-yil Birinchi kanalning „Lednikoviy period“ dasturida Maksim Trankov bilan birgalikda ishtirok etgan.
Birinchi kanalning „Vecherniy Urgant“ teleshousining 2016-yil 24-oktyabr[45], 2017-yil 4-dekabr[46], 2019-yil 24-aprel[47] 2020-yil 23-apreldagi[48] sonlarida mehmon sifatida qatnashgan.
2017-yil 26-noybarda Birinchi kanalning „Russkiy nindzya“ sport shousi boshlovchisi[49].
2017-yil 2-dekabrda Birinchi kanalning „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ teleshousida teleboshlovchi Timur Solovyovbilan juftlikda bosh mukofot 3 million rublni qoʻlga kiritgan[50].