Yusuf Bolat | |
---|---|
Asl ismi | qrim tatarcha: Yusuf Memet oğlu Bolat, Юсуф Мемет огълу Болат |
Tavalludi |
16-mart 1909-yil |
Vafoti |
22-oktyabr 1986-yil (77 yoshda) Toshkent Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Ijod qilgan tillari | Qrimtatar tili |
Fuqaroligi |
Yusuf Bolat ( qrim tatarcha: Yusuf Memet oğlu Bolat, Юсуф Мемет огълу Болат; 1909-yil 16-mart, Alushta - 1986- yil 22-oktabr, Toshkent ) — sovet qrim-tatar yozuvchisi, dramaturg va publitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi.
Yusuf Bolat Alushta shahrida tavallud topadi. So‘ng qishloq maktabini bitiradi. Yalta tatar pedagogika texnikumida tahsil olib, Yalta tuman komsomol qo‘mitasida ishlaydi. 1931-yilda u Qrim pedagogika institutining qrimtatar tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kiradi, keyinchali bu oliygohni aspiranturasini bitirib chiqadi[1] .
Urushlararo davrda Qrim davlat tatar drama teatri sahnasida Bolatning yettita pesasi qo‘yiladi. 1937-yilda u SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosiga aylanadi.
1937-yilda Qrim Yozuvchilar uyushmasining yig‘ilishida u o‘z ma’ruzasida, jumladan, Qrim yozuvchilarining keksa avlodi Sovet mamlakati manfaatlariga xiyonat qilib, kitobxonlarni sovet tuzumiga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalayotganini aytadi. Keyinchalik bir qator yozuvchilar, jumladan Irgat Qodir hibsga olinadi.
Yusuf Bolat 1937—1939-yillarda Qrim ASSR Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi[1], so‘ng 1939—1941-yillarda “Sovet edebiyati” (“Sovet adabiyoti”) jurnali muharriri, 1941-yildan “ Qizil qirim ” gazetasi muharriri o‘rinbosari, 1942-yildan Moskvadagi radio qo‘mitasida qrimtatar radioeshittirishlarida mas’ul muharriri lavozimlarida faoliyat yuritadi.
U 1944-yilda O‘zbekistonga surgun qilinib, u yerda o‘qituvchi, so‘ngra jurnalist bo‘lib ishlaydi. Bolat 1961—1984-yillarda "Lenin bayrog‘i" gazetasida bo‘lim mudiri, keyin mas’ul kotib, so‘ngra muharrir o‘rinbosari bo‘ladi[1] . Bundan tashqari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi unvonini oladi.
Yozuvchi Yusuf Bolat 1986-yilda Toshkentda vafot etadi.
Ayrim asarlari: